• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Qo‘ziqorin

    Dastlab kambag‘allar taomi bo‘lgan pitssa haqida siz bilmaydigan 5 ta qiziqarli fakt (video)

    Bugungi kunda turli-tuman yeguliklar-u tezpishar ovqatlar keng ommalashgan. Ulardan biri pitssa barchaga yoqadigan yegulikka aylangan. Quyida pitssa taomi va uning tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.

    1. Gvatemalada pitssa vulqon olovida tayyorlanadi.
    Foto: TravelAsk

    “Pakaya” Gvatemalada joylashgan sayyoradagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi. Vulqon muntazam otilib turishiga qaramay, ekstremal alpinistlar ushbu tog‘ga tez-tez chiqib turadi. Tepalikka ko‘tarilish, albatta, ko‘p kaloriyalarni yo‘qotishga va charchoqqa olib keladi. Bu esa vulqon yonida restoran biznesi boshlash uchun ajoyib imkoniyatdir!

    Foto: TravelAsk

    Shunday fikrga gvatemalalik oshpaz Mario David Garsiya keldi va vulqonning o‘zida pitssa pishirish g‘oyasini amalga oshirdi. U har kuni maxsus, olovda erimaydigan kiyim-bosh bilan tog‘ga chiqadi va o‘zi bilan pitssa uchun kerakli mahsulotlar solingan 30 kilogrammlik ryukzakni olib yuradi. Vulqon issig‘ida pishirilgan pitssalarni o‘sha yerdan o‘tib ketayotgan sayyohlarga sotadi. U o‘zining ochiq osmon ostidagi restoranini Pizza Pacaya deb ataydi.

    1. Dunyodagi eng katta pitssa deyarli 1300 kvadrat metrni tashkil etadi.
    Foto: Airrack / Youtube

    2012-yil dekabr oyida Rimda 1261,65 kvadrat metr maydonda tayyorlangan pitssa Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan edi. Ushbu pitssa NIPfood restorani bosh oshpazi Dovilio Nardi tomonidan tayyorlangan. Pitssa imperator Oktavian Avgust sharafiga “Ottavia” deb nomlangan va 100 foiz glyutensiz taom bo‘lgan.

    Foto: Airrack / Youtube

    Kuni kecha mazkur rekord Airrack taxallusi ostidagi amerikalik bloger va Pizza Hut kompaniyasi tomonidan yangilandi. Ular hamkorlikda Los-Anjeles anjumanlar markazining ulkan zalida 1299,71 kvadrat metr maydonga ega pitssa tayyorladi. Unga 6193 kilogramm xamir, 2244 kilogramm shirin sous, 3992 kilogramm pishloq va 630 496 dona pepperoni bo‘lakchalari sarflandi.

    OAVga berilgan taqdimotdan so‘ng pitssa bo‘laklarga bo‘linib, Los-Anjelesdagi xayriya tashkilotlariga yuborildi.

    1. Pitssa avvallari kambag‘al kishilar taomi bo‘lgan.
    Pitsayolo (Neapolitanlik pitssa sotuvchisi), 1858.
    Foto: Wikimedia Commons

    Xamir ustiga turli mahsulotlar qo‘yib pishirish qadimdan mavjud. Bunday taomlarning ko‘plab misollari bor: Xitoycha bing, Janubiy Osiyoning naan taomi, fransuzcha kish va afrikacha injera kabilar shular jumlasidan. Ularning umumiy jihati shundaki, xamirli taom uchun idish talab etilmas va uni qo‘lda yeyish mumkin bo‘lgan.

    Bugungi zamonaviy pitssalar Neapolda 16–17-asrlarda vujudga kelgan. Pitssaga avval Amerikadan ispanlar olib kelgan pomidorlar qo‘shilgan. Bunday taom kam ta’minlanganlar uchun ko‘cha taomlari hisoblangan.

    1. Bruklinda pitssali qutida pitssa sotiladi
    Foto: Food Network / YouTube

    Shon Bertyem o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nyu-Yorkning Bruklin rayonida sayr qilib yurgan edi va ko‘chada pitssadan qolgan ko‘plab qutilarga ko‘zi tushdi. Shunda unga ajoyib fikr keldi va Shon o‘zining Vinnie’s Pizzeria tarmog‘ini ochdi. Ushbu kafeda pitssalar yeyish mumkin bo‘lgan pitssali qutilarda sotiladi. Ustidan esa folga qog‘ozi bilan o‘raladi.

    1. Ba’zan pitssaga noodatiy mahsulotlar, masalan, oltin qo‘shib pishirishadi.

    Pitssaga qo‘shiladigan ananas bo‘laklari hozirda hech kimni hayratda qoldirmaydi. Lekin Yevropada ushbu taomga o‘zgacha mahsultolar qo‘shib tayyorlash odati mavjud. Masalan, Shvetsiyada mashhur bo‘lgan Pizza Africana’ga banan, piyoz, yeryong‘oq va tovuq go‘shti qo‘shiladi. Tovuq o‘rniga Afrikaga xos ekzotik go‘sht, masalan, tuyaqush go‘shti bo‘laklari solinishi mumkin.

    Shuningdek, Glazgouda bir dona pitssa 4200 dollarga sotilgan. Pizza Royale 007 nomli taom Dom Perignon shampan vinosiga botirilgan qora ikra, 100 yillik konyakda marinadlangan kiyik go‘shti, shotlandcha dudlangan losos balig‘i, yuqori sifatli proshutto va balzamik sirkadan iborat. Bunday pitssaning ustiga susal oltini sepiladi va dasturxonga tortiladi.

    22.05.2024, 17:35   Izoh (0)   13182
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Italyan oshxonasi: Nima uchun italiyaliklar har kuni pitssa va makaron yeyishsa ham semirmaydi? 

    02.03.2023, 20:40

    1001 turdagi pishloq solingan pitssa Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

    31.12.2023, 17:35

    Yaponiyada Pizza Hut tarmog‘i noodatiy pitssani sotuvga chiqardi

    27.01.2024, 18:02

    Pitssaxona oshpazi xamirni musiqaga hamohang “o‘ynatishi” tufayli tarmoqlarda mashhurlikka erishdi (video)

    28.01.2024, 13:56

    Moliyaviy savodxonlik: kambag‘allikka olib keladigan 7 ta odat

    22.05.2024, 16:35

    Margarin o‘rniga sariyog‘ ishlatish foydaliroqmi? Pishiriqlardagi transyog‘ning zararlari haqida

    22.05.2024, 13:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.