• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eron prezidentining vafoti bo‘yicha tahlil va taxminlar

    Joriy yilning 19-may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan qaytayotgan vaqtda aviahalokat oqibatida halok bo‘ldi. Ibrohim Raisiyning kutilmaganda o‘limi ko‘plab savollarni paydo qilmoqda.

    “Daryo”ning Yaqin Sharq masalasi bo‘yicha eksperti, siyosatshunos Farhod Karimov va iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul Ibrohim Raisiyning vafoti bo‘yicha taxminlarni aytib o‘tdi.

    Shuhrat Rasulning fikriga ko‘ra, Eron prezidentining vafoti bo‘yicha aniq bir fikr bildirish qiyin.

    “Biz Eron tomonidan ochilgan tergov xulosalarini kutishimiz kerak. Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot quyuq tuman tushishi natijasida qoyaga borib urilgan. Hozirgi zamonaviy dunyoda ham samolyot va vertolyotlarning qulab tushishini har zamonda eshitib qolamiz. Aslida vertolyotlar unchalik ishonchli transpot vositasi emas”, — dedi iqtisodiy tahlilchi.

    Siyosatshunos Farhod Karimov bu masalada bir qancha taxminlar borligini aytib, bu taxminlar negizida asos borligini ta’kidladi.

    “Aslida, turli savollar paydo bo‘lishiga o‘ziga yarasha asoslar bor. Eron rasmiylarining ma’lumot berishicha, falokatga asosiy sabab — tabiiy tuman tushishi bo‘lgan. Lekin ayrim fikrlarning paydo bo‘lishiga ayrim masalalar zamin yaratmoqda. Hozir rasmiy Tehron bu fojia ortida qandaydir tashqi kuchlar turgani borasida hech nima demadi. Agar haqiqatda tashqi kuchlarning aralashuvi bo‘lganida, bu masalani Eron boshqacha yoritgan bo‘lar edi. Keling, turli ekspertlar tomonidan bildirilayotgan taxminlarni biroz tahlil qilib ko‘raylik.

    Birinchidan, nega 3 ta vertolyotning 2 tasi marshrutni oxirigacha amalga oshirdi? Vaholanki, ular prezidentning vertolyotini kuzatib, qo‘riqlashi kerak edi. Aloqa yo‘qolganida ular chora ko‘rishi kerak edi. Hatto prezidentning lokatsiyasini aniqlay olmadi. Prezident vertolyotining koordinatasini aniqlash uchun 5 soat vaqt ketdi. Nega 2 ta vertolyot yo‘qolgan vertolyotning koordinatasini aniqlashda qatnashmadi? Mana shu savollarga javob bo‘lmayotgani turli taxminlarni keltirib chiqarmoqda.

    Ikkinchidan, shundoq ham so‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat tinch emas edi. Misol uchun, yaqinda Eron Isroil bilan harbiy to‘qnashuvga yaqin bordi. Mana shunday holatda tabiiy ravishda barchaning taxmini Eronning mintaqadagi birinchi raqamli dushmaniga borib taqaladi. To‘g‘ri, buni Isroil rad etdi. Lekin to‘liq ma’lumot berilmayapti. Misol uchun, Polsha prezidenti Rossiya o‘rmonlarida halokatga uchraganida, halokat haqida batafsil ma’lumot berishgan. Ammo bu fojia to‘liq yoritib berilmayotgani uchun ham ko‘plab savollarni paydo qilmoqda.

    Picture background
    Eron prezidenti bilan birga aviahalokat natijasida halok bo‘lgan amaldorlar
    Uchinchidan, Eronning ichida o‘ziga xos siyosiy qarama-qarshilik bor. Ali Xomanaiyning ukasi vazir bo‘lganida, unga nisbatan jinoiy ish ochilib, hatto uni qamash darajasiga yetgan. O‘sha vaqtda Ibrohim Raisiy sudning raisi bo‘lgan. Agar ichkaridan sabab qidiraman desangiz, o‘ziga yarasha “ilmoq”lar mavjud. Misol uchun, general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilishida ham koordinator ichkaridan aytilgani taxmin qilinadi. Chunki kimdir ichkaridan aniq ma’lumot bermasa, uning qayerda yurganini bilish qiyin edi”, – dedi siyosatshunos.    

    Ma’lumot uchun, kuchli tuman va tog‘li hudud tufayli halokatga uchragan vertolyotni qidirish 10 soatdan ortiq davom etgan. Mutaxassislar fikricha, falokat texnik nosozlik yoki inson omili tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Raisiy vafoti munosabati bilan Eronda besh kunlik motam e’lon qilingan. Eron prezidentining dafn marosimi 23-may kuni Mashhad shahrida bo‘lib o‘tadi. Muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28-iyunga belgilangan.

    21.05.2024, 15:55   Izoh (0)   10637
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Raisiyning o‘limi Eron oliy rahnamosi o‘g‘lini otasining asosiy vorisiga aylantirdi — Politico

    20.05.2024, 15:55

    Oq uy Raisiy vafotidan keyin AQSHning Eron bilan munosabatlarida o‘zgarishlar bo‘lishini kutmayapti

    20.05.2024, 19:00

    Eron prezidentining dafn marosimi 23-may kuni Mashhad shahrida bo‘lib o‘tadi

    21.05.2024, 07:56

    Polshada 9 nafar rossiyalik qo‘poruvchilik qilishda ayblanib hibsga olindi 

    21.05.2024, 15:30

    Singapurda koronavirusga chalinish ko‘paymoqda

    21.05.2024, 15:05

    JSST tuzdan foydalanishni majburiy cheklashga chaqirdi

    21.05.2024, 14:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Model, xonanda, aktrisa: karyerasini shou-biznesdan boshlagan birinchi xonimlar (foto)

    Shou-biznes | 11 avgust, 09:38

    Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 09:25

    “Manchester Siti” futbolchisi “Everton”ga ijaraga beriladi

    Sport | 11 avgust, 09:18

    Tramp uysizlardan Vashingtonni tark etishni talab qildi

    Dunyo | 11 avgust, 09:13

    Isroil Al-Jazeera telekanalining besh nafar jurnalistini o‘ldirdi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 08:37

    Jomboy tumanidagi zapravka yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:27

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.