O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi qiroli Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
![](/static/2024/05/17/photo_2024-05-17_10-11-05-iMFk-Fg0.jpg)
Suhbatda Charlz III O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur hurmat va iliq tilaklarini bildirgan. Elchiga esa ikki tomonlama munosabatlarni yanada yaxshilash borasidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ravshan Usmonov 2023-yilning noyabrida O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlangandi. Unga qadar 2018-yildan buyon O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi edi.
Izoh (0)