Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatning yangi tarkibini tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.
Birinchi marta Rossiya hukumati 2020-yilda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish asosida yangi tartib bo‘yicha tuzildi. Barcha nomzodlar avvalroq parlament tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan. Bundan tashqari, nomzodlar Davlat dumasi yoki Federatsiya kengashi tomonidan ma’qullangach, Putin ularni lavozimlarga tayinlashni rad eta olmagan.
Hukumat tarkibiga uning rahbaridan tashqari 10 nafar bosh vazir o‘rinbosari va 21 nafar vazir kiradi. Vazirliklar soni va nomi avvalgi tarkibga nisbatan o‘zgarmagan. Beshta vazir bevosita prezidentga hisobot beradi: bular Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Adliya vazirligi rahbarlari. Qolganlarining faoliyatiga hukumat raisi rahbarlik qiladi.
Putin farmoni bilan Andrey Belousov mudofaa vaziri etib tayinlandi. Yangi hukumatdagi eng yosh vazir Sanoat va savdo vazirligi rahbari Anton Alixonov bo‘ldi, u 37 yoshda. Eng keksasi esa 74 yoshli tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Shuningdek, u hukumatdagi eng uzoq ish tajribasiga ega, jumladan, Lavrov 20 yildan ortiq tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelmoqda. Rossiyaning yangi hukumati aʼzolarining o‘rtacha yoshi 53 yoshni tashkil etadi.
Vazirlar:
- Mudofaa vaziri — Andrey Belousov
- Tashqi ishlar vaziri — Sergey Lavrov
- Ichki ishlar vaziri — Vladimir Kolokoltsev
- Favqulodda vaziyatlar vaziri — Aleksandr Kurenkov
- Adliya vaziri — Konstantin Chuychenko
- Sanoat va savdo vaziri — Anton Alixanov,
- Sport vaziri — Mixail Degtyarev
- Transport vaziri — Roman Starovoyt
- Energetika vaziri — Sergey Tsivilyev
- Tabiiy resurslar vaziri — Aleksandr Kozlov
- Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri — Anton Kotyakov
- Ta’lim vaziri — Sergey Kravtsov
- Qishloq xo‘jaligi vaziri — Oksana Lut
- Madaniyat vaziri — Olga Lyubimova
- Sog‘liqni saqlash vaziri — Mixail Murashko
- Iqtisodiy rivojlanish vaziri — Maksim Reshetnikov
- Moliya vaziri — Anton Siluanov
- Qurilish vaziri — Irek Fayzullin
- Fan va oliy ta’lim vaziri — Valeriy Falkov
- Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri — Aleksey Chekunkov
- Raqamli rivojlanish vazir — Maqsut Shadayev.
Shuningdek, Sergey Narishkin Tashqi razvedka xizmati direktori, Aleksandr Bortnik Federal xavfsizlik xizmati direktori etib tayinlandi. Viktor Zolotov Rossiya gvardiyasini, Dmitriy Kochnev esa Federal qo‘riqlash xizmatini boshqaradi.
Izoh (0)