Andijon viloyatining Xonobod shahridagi qabristonda qabr qaziyotgan fuqaroni tuproq bosib qoldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/05/15/photo_2024-05-15_11-48-17-HtR7M9ur.jpg)
15-may kuni soat 09:11 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonobod shahar Markaziy qabristonida fuqaroni qabr qazish vaqtida tuproq bosib qolganli to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.
![](/static/photo_2024-05-15_11-48-17 (2).jpg)
Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.
Izoh (0)