AQSH prezidenti Jo Bayden 13-may kuni Rossiyadan uran importini taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilindi.
2024-yil 13-mayda prezident Rossiyada yoki Rossiya tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan nurlanmagan, kam boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlovchi “Rossiya uran importini taqiqlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, — deyiladi xabarda.
Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning ta’kidlashicha, bu qaror yadroviy energetika bo‘yicha Rossiyaga qaramlikni kamaytirish va oxir-oqibat undan to‘liq voz kechish orqali AQSHning energetika va iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga yordam beradi.
Sallivanga ko‘ra, ushbu qonun Amerikaning yadro sektoridagi yetakchiligini tiklaydi.
Bu kelajak avlodlar uchun energetika sohamiz xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi. Kongress yaqinda prezidentning iltimosiga binoan ajratgan 2,72 milliard dollar federal moliyalashtirish AQSHda yangi boyitish quvvatlarini ishga tushirishni ta’minlaydi , — deydi Sallivan.
Izoh (0)