Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat G‘azo sektoridagi janglarda hatto tashqi yordamsiz ham g‘alaba qozonishini ma’lum qildi, deya “TASS” xabar berdi.
76 yil avval Mustaqillik bayrami arafasida biz kamchilik edik, dushmanlarimiz ko‘p edi.Qurol-yarog‘imiz yo‘q edi, ammo matonat, qahramonlik va ichki birdamlik tufayli biz g‘alaba qozondik, — deydi u Isroil Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan videomurojaatida.
Falastin hududida olti oydan ortiq davom etayotgan harbiy amaliyotlar munosabati bilan xalqaro hamjamiyat so‘nggi paytlarda Isroil hukumatiga bosimni kuchaytirib, anklavda harbiy harakatlarni tezroq to‘xtatishni talab qilmoqda.
Bugun biz ancha kuchlimiz. Bizni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan dushmanlarimizni yengishga ahd qildik. Yakkama-yakka kurashishimiz kerak bo‘lsa, yolg‘iz kurashamiz. Kerak bo‘lsa, tish-tirnog‘imiz bilan ham kurashamiz, — deya qo‘shimcha qilgan bosh vazir.
Isroil rasmiylari Rafahdagi operatsiya “to‘liq g‘alaba” va G‘azo sektoridagi HAMAS’ni mag‘lub etish uchun zarur ekanligini ta’kidlamoqda. Avvalroq AQSH rasmiylari Rafahda jangovar harakatlar davom etsa, Isroilga qurol yetkazib berish cheklanishini aytgan edi.
Izoh (0)