Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Shahzoda Muhammedovaning qizi Milana 4 yoshni qarshi oldi. Aktrisa shu munosabat bilan qizalog‘iga atalgan dil so‘zlarini yozib qoldirdi.
To‘rtinchi bor farzandli bo‘lish arafasida turgan Oybek va Nigora Gender party o‘tkazdi.

Taniqli aktrisa Mahfuza Bobotillayeva nabirali bo‘ldi. Bu haqda aktrisa Shohida Ismoilova o‘z sahifasi orqali ma’lum qildi.
Sitora Alimjonova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Javohir Zokirov Yevropadagi syomka jarayonlaridan so‘ng Toshkentga qaytdi va yaqinlari bilan diydorlashdi.

Marhum aktyor Fathulla Mas’udovning ikkinchi o‘g‘li Abdulloh o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda Muqaddas Sa’dullayeva ma’lum qildi.

Bollivud yulduzi Karina Kapur oilasi bilan Afrika sahrolaridan ko‘rinish berdi.

Aktrisa Rayhon Ulasenova Zeekr 001 avtomobilini xarid qildi.
Turk aktrisasi Fahriye Evjen sahifasiga yangi suratini joyladi.

29-aprel kuni “Dizayn” kulgi jamoasi aktyori Dilshodbek Musabekov o‘g‘lini uylantirdi. To‘yda ko‘plab shou-biznes vakillari mehmon bo‘ldi.
Izoh (0)