• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    Bag‘ritosh odamni ham ko‘z yosh to‘kishga majbur qiladigan eng yaxshi turk dramalari

    Afsuski, teleseriallardan farqli o‘laroq dramatik janrdagi filmlar kamdan-kam hollarda baxtli yakunlanadi. Shunga qaramay, ular har qanday tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘ya oladi.

    “Sen mening uyimsan”

    Bosh rollarda O‘zjan Deniz va Fahriye Evjen.

    Bosh qahramonlar — Iskandar va Leyla. Ular hayotda ko‘p fojialarni, yaqinlarining xiyonatini boshdan kechirganidan keyin uchrashadi. Ruhi yaralangan bu qahramonlar o‘rtasida o‘zaro qiziqish uyg‘onadi. Ular birga yashab, bir-birlariga tobora ko‘proq bog‘lanib qoladi.

    Ammo baxt abadiy davom etmaydi, Leylaning kasal ekanligi ma’lum bo‘ladi. U asta-sekin xotirasini yo‘qotadi, hayoti haqida hamma narsani — yaqinlarini unutadi. Qiz sevgilisining qalbini og‘ritmaslik uchun Iskandarning hayotini tark etishga qaror qiladi. U sevgisini tan oladigan ta’sirli maktub qoldirib ketadi.

    Biroq Iskandar bunga ko‘nmaydi, sevgilisini topishga harakat qiladi. Lekin qizning iltimosiga ko‘ra, Leylaning oilasi uning qayerdaligini yashiradi, davolanish uchun chet elga ketganini aytadi.

    Ammo baribir oxirgi uchrashuv bo‘ladi. Iskandar sevgilisini otasining uyidan olib ketish uchun keladi. Leyla uni avvaliga tanimaydi, keyin esa eslaydi va sevganining bag‘rida jon beradi.

    “Olov va suv”

    Bosh rollarda O‘zjan Deniz va Yasemin Allen.

    Hashmet va Yag‘murning kutilmagan uchrashuvi sevgiga aylanadi. Hashmet tajribali erkak, Yag‘mur esa yosh qiz, hayotda tajribasiz.

    Bir-birini sevib qolgan juftlik majburan ajraladi. Hashmet qonli adovatni tugatish uchun unga dushman bo‘lgan oilaning qiziga uylanishga majbur bo‘ladi. Yag‘mur esa undan farzand kutayotganini yashirib, boshqa davlatga ketib qoladi.

    Heshmet majburan uylangan ayol bilan baxtli bo‘la olmaydi, garchi u xotiniga hurmat bilan munosabatda bo‘lsa ham. Ular farzand ko‘rolmaydi. Yag‘mur esa boshqa turmushga chiqmaydi, o‘g‘lini yolg‘iz tarbiyalaydi. Ammo bir necha yil o‘tgach, sobiq oshiqlar yana uchrashadi va qalbdagi tuyg‘ular yangi kuch bilan alangalandi. O‘g‘li haqida bilgan Heshmet sevgilisi bilan uchrashish va o‘g‘lini birga tarbiyalash uchun ajrashishga qaror qiladi. Ammo mafiya hech kimni o‘z changalidan osonlikcha chiqarib yubormaydi.

    “Bir nafas kifoya”

    Bosh rollarda: Sechkin O‘zdemir va Tuvana Turkay.

    Yaman sevgilisining o‘limida o‘zini aybdor deb hisoblagani uchun butun dunyodan uzilib, yolg‘iz yashayotgan yigit. U mashina boshqaruvini yo‘qotib, avtohalokatga uchraydi.

    Nefes bilan kutilmagan uchrashuv uni hayotga qaytaradi. Yoshlar o‘rtasida samimiy tuyg‘ular paydo bo‘ladi va Yaman taqdir unga baxtli bo‘lish uchun yana bir imkoniyat berganini his qiladi.

    To‘satdan yigit sevgilisining og‘ir kasal ekanligini bilib qoladi. Nefes o‘lsa, yashay olmasligini anglagan Yaman o‘z joni evaziga qizning hayotini saqlab qoladi.

    “7-bo‘lmadagi mo‘jiza”

    Bosh rollarda: Aras Bulut İynemli va Nisa Sofiya Aksong‘ur

    Bu film, bir tanqidchi aytganidek, “toza havo”, hayotdagi mo‘jizaning isboti, yaxshilik har doim yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishi haqidagi ishonchdir. Adolat, mehr-muhabbat, sadoqat, inson qalbining musaffoligi, odam qalbining tubida ham mo‘jizaga ishonishi halol, rahm-shafqatli bo‘lishiga umid uyg‘otadi.

    Soxta ayblov bilan qamoqqa tushgan aqli noqis yigit bilan uchrashuv mahbuslar, u bilan bir kamerada o‘tirgan jinoyatchilar qalbida uzoq vaqtdan beri uxlab yotgan tuyg‘ularni uyg‘otadi.

    Odatiy syujet inson qalbining mehr-shafqat, hamdardlik kabi torlariga mohirlik bilan ta’sir qiladi.

    “Bo‘sh kelma, o‘g‘lim”

    Bosh rollarda Kivanch Tatlitug‘ va Alihan Turkdemir

    Bu film otaning o‘g‘liga bo‘lgan mehr-muhabbati haqida. Ali otasi bilan dengiz qirg‘og‘ida baliqchilik qilib kun kechiradi. Bir kuni u o‘g‘li borligini bilib qoladi. Ammo Efe g‘ayrioddiy bola, autizmdan aziyat chekadi, onasi o‘g‘lini tarbiyalashni xohlamay, Aliga tashlab ketadi.

    O‘g‘li bilan muloqot qilish qiyin, u o‘z dunyosida yashaydi, boshqalar bilan gaplashmaydi. Alining yagona istagi — o‘g‘li bilan aloqa o‘rnatish va bir bor bo‘lsa-da o‘g‘lining ko‘ziga qarash.

    Bir kuni Ali Efening musiqiy qobiliyati borligini payqab qoladi va uni rivojlantirishga harakat qiladi. Shu kundan boshlab uning hayoti o‘zgara boshlaydi. Endi u bor kuchi bilan o‘g‘liga yordam berishga harakat qiladi. Kichkina Efening sahnada chiqish qilishi, hayajonlangan otaning sahna ortida turib, o‘g‘lining ko‘ziga qarashini so‘rashi eng ta’sirli lahzadir. Yigit esa tomoshabinlarning olqishlari ostida sahnadan tushadi va birinchi marta otasiga qaraydi.

    “Yovvoyi asal”

    Bosh rollarda Chag‘atay Ulusoy va Leyla Lidiya Tug‘utlu

    Bu go‘zal va qayg‘uli sevgi hikoyasi. Barish va Fusun — universitet talabalari. Qiz a’lochi talaba va butun vaqtini o‘qishga bag‘ishlaydi, chunki u o‘ziga va ota-onasiga universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, Amerikada o‘qishni davom ettirishga va’da bergan. Yigit esa arxitektura fakulteti talabasi, talabalar ansamblida baraban chalishni va do‘stlari bilan dam olishni yaxshi ko‘radi. Barish Fusunni bir qarashda sevib qoladi, lekin qiz yigitni yoqtirsa-da, u bilan uchrashishga rozi bo‘lmaydi. Axir, sevgi orzularini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ammo oxir-oqibat qiz yigitning his-tuyg‘ulari bosimi ostida taslim bo‘ladi.

    Yoshlar o‘qishni tugatgandan so‘ng turmush quradi. Barish xotinini yaxshi ko‘rar va har doim uni xursand qilishga harakat qiladi. Ammo yigit ruhiy kasal edi — bipolyar shaxsiyat buzilishi — u g‘azabini nazorat qila olmaslikdan aziyat chekadi. Nihoyat u kasalligi tufayli kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolardan “sevgilisini qutqarishga” qaror qiladi.

    “Ishonchli qo‘llarda” (2022)

    Bosh rollarda: Kaan Urganjio‘g‘lu, Asli Enver, Mert Eje Ak.

    Bosh qahramon Melisa og‘ir kasal ekanini va 6 oylik umri qolganini bilib qoladi. Lekin tez orada vafot etishidan emas, yaqin qarindoshlari bo‘lmagani uchun o‘limidan so‘ng yolg‘iz qoladigan o‘g‘lidan xavotirda. Dugonasining maslahatiga quloq solib, o‘limidan keyin o‘g‘liga g‘amxo‘rlik qiladigan ishonchli odamni topishga qaror qiladi va uni topadi ham. Ko‘p yillar o‘tgach, u farzandini o‘g‘li borligini bilmaydigan otasi bilan tanishtiradi.

    Ko‘p yillar o‘tib kutilmagan uchrashuv Melisa va Firatni yana birlashtiradi. Firat hayotda ko‘p narsaga erishgandi — uning daromadli biznesi, yaxshi uyi bor, lekin qalban yolg‘iz va o‘zi baxtli bo‘ladigan yagona odamni qidiradi. Firat sevgilisini topganidan xursand, lekin Melisa og‘ir kasal. Bir paytlar unga oshiq bo‘lgan, hozir sevib qolgan qiz farzandining onasi bo‘lganini, endi taqdir taqozosi tufayli ularning juda oz fursati borligini tushunish u uchun og‘ir kechadi.

    25.04.2024, 14:51   Izoh (0)   40369
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Salkam 5 mlrd dollar: barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan animatsion franshizalari

    23.04.2024, 15:51

    Hayotda imkonsiz narsa yo‘qligini isbotlovchi ajoyib filmlar (treyler)

    23.04.2024, 09:52

    Faqat Hayao Miyazaki emas: syujet voqealari har qanday tomoshabinni befarq qoldirmaydigan to‘liq metrajli animelar

    24.04.2024, 09:51

    Amerika kompaniyasi “Yulduzlar jangi” filmining barcha qismlarini tomosha qilganga 1000 dollar taklif etmoqda

    25.04.2024, 13:51

    Yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi: ko‘proq velosiped uchish uchun 3 sabab

    25.04.2024, 12:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.