Jizzax viloyatidagi bozorda qariyb 200 kiloga yaqin tovuq go‘shti iste’molga yaroqsiz ekani aniqlandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari oziq-ovqat xavfsizligi yuzasidan doimiy profilaktik tadbirlar olib bormoqda.
G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan tadbirda 507 kilogramm go‘sht noqonuniy ravishda Toshkent shahriga olib ketilayotgani aniqlandi. Jizzax shahrining Eski shahar dehqon bozorida esa sotish maqsadida olib kelingan qariyb 200 kilogrammga yaqin tovuq go‘shti iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)