Surxondaryoda bedarak yo‘qolgan erkakni topishda yordamlashganlarga 10 mln so‘m beriladi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Denov tumani “Dahana” mahallasida yashovchi 1986-yil tug‘ilgan Urunov Xusin Rakibovich 2024-yil 16-aprel kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Ushbu fuqaroni topilishida ko‘maklashgan fuqarolar 10 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. Ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raldi:
102, +998-91-232-01-01, +998-91-582-20-48
Izoh (0)