Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serra-Leone Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Muhammad Yongavodan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda vazirning Telegram kanalida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, ikki tomonlama aloqalarni boyitish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud.
“Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni o‘rganishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)