• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari nimalarga kelishib oldi?

    Joriy yilning 17—19-aprel kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan qo‘shni Tojikistonga bordi. Ikki kun davom etgan tashrif davomida 20 dan ortiq hujjatga imzo chekildi.

    “Daryo” ushbu mavzuda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov va siyosatshunos Oybek Sirojovlar bilan suhbatlashdi.

    — Prezident tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida ittifoqchilik shartnomasi imzolandi. Dastlab shu shartnoma haqida gaplashsak. Ittifoqchilik shartnomasi tomonlarga qanday masʼuliyat yuklaydi?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydigan bir qancha shartnomalar mavjud. Bulardan 3 tasi muhim hisoblanadi. Birinchisi — Abadiy do‘stlik haqidagi shartnoma. Bu shartnoma 2000-yillarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida imzolagan. Ikkinchisi — Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma. Bu shartnoma ikki mamlakat o‘rtasida 2018-yilda imzolangan. Uchinchisi — Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma. Bu shartnoma imzolanganidan keyin ikki davlat tashqi siyosatda doim maslahatlashib, bir-biriga qarshi qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston Qozog‘iston bilan ittifoqchilik to‘g‘risida shartnoma imzolagan va bu tendensiya mintaqa davlatlari o‘rtasida davom etmoqda. Bunday shartnomalar Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida imzolanishi mintaqada integratsiyasi uchun asos bo‘ladi.

    O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Dushanbega borgan bir vaqtda Qirg‘iziston rahbari Qozog‘istonga bordi. Undan oldinroq Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistonga kelgan edi. Bu uchrashuvlar mintaqadagi muammolarni bartaraf etishda muhim hisoblanadi.

    Siyosastshunos Oybek Sirojov
    Foto: “Daryo”

    — O‘zbekiston rahbarining Tojikistonga tashrifidan oldin Dushanbe shahrida iqtisodiy forum bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan borgan biznes vakillari qatnashdi. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar qanday darajada?

    Abdulla Abduqodirov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — Bu savolga javob berishdan oldin Tojikiston xaritasiga bir nazar solish kerak. Chunki Tojikiston janubda joylashgan. Sovet davrida kelayotgan yuklar bir nechta davlatdan o‘tib, keyin Tojikistonga kirib kelgan. Bundan tashqari, Tojikistondan janub tomon o‘tuvchi yuklar hajmi juda kam bo‘lgan. Bugungi kunda ham Tojikistonda eksportdan ko‘ra import yuqori. Hozirda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi umumiy savdo aylanmasi hajmi 750 million dollar atrofida. 2023-yil hisob-kitoblariga ko‘ra, 605 million dollar miqdorida O‘zbekiston Tojikistonga mahsulot eksport qilgan. 152 million dollar miqdorida mahsulotni O‘zbekiston Tojikistondan import qilgan. O‘zbekiston Tojikistonga asosan avtomobil jihozlari, tekstil va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilgan. Lekin bu ikki davlat potensialiga qaraganda kichik ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘zbekistonning umumiy tashqi savdosida Tojikiston 2-3 foiz ulushni tashkil etadi. Shu boisdan ushbu tashrifda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo hajmini yaqin 3 yilda 2 milliard dollarga olib chiqish masalasi ko‘rib chiqildi.

    Abdulla Abduqodirov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
    Foto: "Daryo"

    – Bunga imkoniyatlar bormi?

    – Toshkent Sovet davrida Markaziy Osiyoning ilmiy-texnikaviy markazi bo‘lgan. Shu nuqtai nazardan, ikki davlat taʼlim va maorif borasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi. Energetika sohasida ham hamkorlik mavjud. Masalan, savdo forumida harbiy texnikalar ham namoyish etildi. Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy aloqalarni yaxshilash uchun bir qancha amaliy ishlar mavjud. Masalan, ikki davlat bir-biridan nima olib, nima beradi? Yoki, o‘zaro savdoga nimalar to‘sqinlik qilmoqda? Mana shu masalalar juda muhim. Keyingi muhim masala - bu suv.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifidan oldinroq Toshkentda ikki davlat o‘rtasida rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi. Bu an’anaga aylanib bormoqda. Ya’ni ta’limni rivojlantirishda, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda va talabalar almashishda o‘zaro hamkor ikki tomon uchun ham foydali. Bundan tashqari, turizm sohasi juda muhim hisoblanadi.

    Tojikistonda o‘zbek diyasporasi tojiklardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Huddi shunday ko‘rsatkich O‘zbekistonda ham mavjud. Hali ikki davlat bor imkoniyatlardan foydalanayotganicha yo‘q. Lekin bunday uchrashuvlarda zamirida mana shu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish rivojlanib boradi.

    O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov:

    — Menda yaqin 3-5 yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat tili maqomi darajasida “umumiy Markaziy Osiyo xalqlarining tili” qabul qilinadi degan umid bor. Ya’ni umumiy makon hosil bo‘ladi va bu umumiy makonda men aytkandek tilga e’tibor qaratilsa, siyosiy-ijtimoiy jihatdan juda katta yutuq bo‘ladi.

    — Transchegaraviy suv masalalarida, jumladan, zaxira suvlarni boshqarish va foydalanish bo'yicha ikki davlat o'rtasidagi kelishuvlarga oid so'nggi yangiliklar qanday?

    O'zbekiston va Tojikiston prezidentlari
    Foto: "Daryo" /Madina Norman

    O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov:

    — Shu vaqtga qadar Markaziy Osiyoda suv masalasi energetika bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Yaqin 3 yildan buyon suv masalasi alohoda bir masalaga aylandi. Sovet Ittifoqi davri(1922-1991)da mintaqada “Markaziy Osiyo energiya xalqasi” mavjud bo‘lgan. Mana shu davr mobaynida mintaqah davlatlari suv va energetika masalasini o‘zaro kelishgan holda hal qilib kelgan. 60-70 –yillarda mintaqada 1150 megawatt elektr energiya generatsiya salohiyati mavjud bo‘lgan. Hozir bu ko‘rsatkich bir dona mamlakatga ham yetmaydi. Chunki mintaqada aholi soni 3 barobar oshgan. Ammo generatsiya qobiliyati Markaziy Osiyo davlatlarida shunga yarasha oshgani yo‘q.

    Yaqin 3 yil ichida Markaziy Osiyoda suv alohida muammo sifatida qaralmoqda. Lekin hali suv muammosi bo‘yicha davlatlar aro kelishuvlar yo‘lga qo‘yilmagan. Ya’ni suv hali savdodagi pridmetga aylanganicha yo‘q. Biroq baribir shu masalaga bir kunmas, bir kun boramiz.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Aslida Markaziy Osiyoda suv muammosi ko‘pchilik vahima qilgan darajada emas. Bizda suvdan ratsional foydalanish maummosi mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi suv zahiralari 200 million aholini boqishga yetadi. Hozir mintaqaning umumiy aholisi 70 million.

    Suv va energetika masalasi mintaqaning integratsiyasi uchun asos bo‘lishi mumkin. Chunki bu muammolarni birgina mamlakatning o‘zi hal qila olmaydi. Yaqin tarixda suv masalasida mintaqa mamlakatlari orasida ko‘p kelishmovchiliklar yuz bergan.

    — Ikki davlat rahbari jahon siyosatida o‘ta bir keskin pallaga kirgan vaqtda uchrashdi. Bundan tashqari, Moskvada bo‘lgan terakt Rossiyadagi migratsiya masalasini keskinlashtirib yubordi. Ikki davlat rahbari yopiq eshiklar ortida nimalarni muhokama qilgan bo‘lishi mumkin?

    O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov:

    — Menimcha, migratsiya masalasi ikki davlat rahbari o‘rtasida muhokama qilingan eng muhim masalalardan biri bo‘lgan. Sir emaski, bugungi kunda ko‘plab O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘z vatanlariga qaytib kelmoqda. O‘z navbatida ularga ish o‘rinlari yaratish zarur. Agar biz mintaqa davlatlari bilan birlashib, chegaralarni ochib, umumiy savdo va logistika masalasini hal qilsak, qaytayotgan fuqarolarga ish topib berish imkoniyatlari mavjud.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Rossiya Markaziy Osiyodan borgan 5 million migrand mavjud. Rossiya birdaniga buncha ishchi kuchini chiqarib yubora olamydi. Masalan, migrantlar faoliyat ko‘rsatayotgan sohada rossiyaliklarni o‘zi ishlashni xohlamaydi. To‘g‘ri, hozir vaziyat jiddiylashmoqda. Rossiyaning 7 guberniyasida migrantlar qaysi sohalarda faoliyat olib borishi belgilab qo‘yildi.

    Suhbat davomida
    Foto: "Daryo"

    — 17—18-aprel kunlari O‘zbekiston prezidenti Tojikistonga davlat tashrifi bilan borgan bo‘lsa, bunga parallel ravishda Qirg‘iziston rahbari Qozog‘istonga bordi. Bundan oldinroq Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston tashrif buyurgan edi. Yaʼni ko‘rishimiz mumkinki, mintaqa davlatlari so‘ngi vaqtlarda o‘zaro munosabatlarda faollashib qoldi. Markaziy Osiyo davlatlarining bugungi kundagi integratsion jarayonini qanday baholaysiz?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Bugun dunyo tartiboti o‘zgarish jarayoniga kirdi. Buni Markaziy Osiyo davlat rahbarlari anglab yetmoqda. Hozir bizni oldimizda 2 muhim masala mavjud. Birinchidan, integratsion jarayonni shakllantirish va umumiy kuchlarni birlashtirib, kelajakdagi tashqi xavflar uchun qarshi turush. Ikkinchidan, hozir geosiyosiy turbulentlik davrida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarga jiddiy putur yetgan. Shuning uchun bizga yangi imkoniyatlar zarur. Bunda biz uchun eng ishonchli hamkorlar qo‘shni mamlakatlar hisoblanadi. Mana shunday uchrashuvlar mintaqaning integratsiyasi uchun zamin hozirlaydi.

    O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov:

    — Mintaqa mamlakatlarining ichida va tashqarisida muammolar yetarli. Ulardan biri – aholining keskin o‘sishi. Bunda ularni oziq-ovqat va energiya bilan taʼminlash masalasi mavjud. Mintaqa davlatlarining bir-biriga o‘xshash tomonlari ko‘p. Masalan, Tojikistonda migrantlardan keladigan transchegaraviy o‘tkazmalar umumiy mamlakat daromadi(YaIM)ning 50 foizini tashkil qiladi. Bu juda katta summa va Tojikistonning nozik tomonlaridan biri. Chunki bundan foydalanadigan kuchlar mavjud. Masalan, Rossiya bundan siyosiy qurol sifatida foydalanib, tazyiq ishlatish harakatida.

    Suhbatni jurnalist Sardor Ali olib bordi.

    22.04.2024, 19:15   Izoh (0)   10217
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    18.04.2024, 14:36

    “Faol muloqot natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarildi” — Shavkat Mirziyoyev

    18.04.2024, 15:14

    O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

    18.04.2024, 16:50

    Farg‘onada bir oyda uchinchi qidiruvdagi jinoyatchi ushlandi 

    22.04.2024, 18:37

    Rossiyada murakkab vaziyatdagi o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi 

    22.04.2024, 18:16

    O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi 

    22.04.2024, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chexoslovakiya va Ukrainaning o‘xshash taqdiri – Gitler o‘z bosqinchilik harakatlarini qanday boshlagan edi?

    Dunyo | 22 iyul, 17:45

    Toshkentda tibbiy ko‘rik vaqti bemoriga shahvoniy shilqimlik qilgan shifokorga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 17:30

    Zominda 7 mingdan ziyod aholi ish bilan ta’minlanadigan maishiy texnika zavodi ishga tushadi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 17:21

    Gollivud yulduzi Uill Smit ismini o‘zgartirmoqchi

    Kino | 22 iyul, 17:20

    O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 17:09

    “Barselona” keyinchalik Reshfordni sotib olmasa, jarima to‘laydi

    Sport | 22 iyul, 16:50

    AQSHdan Salvadorga deportatsiya qilingan migrantlar qiynoqqa solindi

    Dunyo | 22 iyul, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.