Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganning Chust tumanidagi soyga sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat FVB rasmiy izoh berdi.
Unga ko‘ra, 2024-yil 19-aprel kuni “O‘zgidromet” tomonidan Namangan viloyatining tog‘ va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir va sel kelish xavfi haqida ogohlantirilgan edi.
Bugun, 22-aprel kuni Namangan viloyati Chust tumani “G‘ovasoy”, “Qoraqo‘rg‘on” MFY hududidan oqib o‘tuvchi (Nomsizsoy) va Yangiqo‘rg‘on tumani (Podshootasoy) hamda Kosonsoy tumani (Xitoysoy)ga viloyatning tog‘li hududlari hamda qo‘shni Qirg‘izistonda yog‘gan yomg‘irlar natijasida soylarga sel kelgan. Hozircha talafotlar yo‘q.
“O‘zgidromet” 20—23-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Izoh (0)