Shveysariya prezidenti Viola Amherd rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin qayta saylanganidan keyin unga maktub yo‘lladi. Tegishli maktub o‘tgan hafta qabul qilingan. Bu haqda Shveysariya Mudofaa vazirligiga tayanib, Blick xabar berdi.
Mudofaa vazirligiga ko‘ra, maktub saylovdagi g‘alaba bilan tabriklashga bag‘ishlanmagan. Viola Amherd Moskva yaqinidagi Crocus City Hall‘da yuz bergan terakt munosabati bilan, shuningdek, Rossiya hududlaridagi suv toshqinlaridan jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan. Maktub Vladimir Putinga “qiyin paytlarda muloqotga chaqiriq” sifatida yuborilgan.
Shveysariya rasmiylari 2024-yil Ukrainadagi urush yuzasidan 80 dan 100 tagacha bo‘lgan davlat ishtirokida tinchlik konferensiyasi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shveysariya tashqi ishlar vaziri Inyatsio Kassis sammitga Rossiyani
chaqirishni taklif qildi, biroq Ukraina bunga qarshi.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, konferensiya tashkilotchilari Rossiyaning “u yerda hech qanday ishi yo‘qligiga”, shu bilan birga usiz “hech narsani hal qilib bo‘lmasligiga” amin. Shu munosabat bilan Rossiya prezidenti konferensiyani “panoptikum” (bir vaqtning o‘zida ko‘p odamlarni kuzatish tizimi) deb atagan.
Izoh (0)