“O‘zgidromet” 22—24-aprel kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 22-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 22-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-24-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23-aprelda Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-aprelda 12-17 daraja, 23—24-aprelda 10-15 daraja, kunduzi 22—23-aprelda 22-27 daraja, 24-aprelda 24-29 daraja bo‘ladi.
Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-aprelda 12-17 daraja, 23—24-aprelda 10-15 daraja, kunduzi 22—23-aprelda 22-27 daraja, 24-aprelda 24-29 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. 22-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 23-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 24-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22-aprelda qor ko‘chishi xavfi (2000 metrdan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda 21-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)