Terens Krouford navbatdagi jangini Isroil Madrimovga qarshi o‘tkazadi.
Yarim o‘rta vazn (66,7 kg.gacha) toifasida WBC, WBO va WBA chempionlik kamarlari sohibi Terens Krouford navbatdagi jangini Isroil Madrimovga qarshi o‘tkazadi.
Bu haqda ESPN telekanali vaziyatga yaqin manbalarga tayangan holda xabar bermoqda. O‘zbekistonlik bokschi birinchi o‘rta vazn (69,9 kg.gacha) toifasida WBA chempioni bo‘lib turibdi. ESPN bergan xabarga ko‘ra, ushbu jang 3-avgust kuni AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 30-iyul kuni Krouford hamyurti Errol Spensni to‘qqizinchi raundda texnik nokautga uchratib, yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Amerikalik chempion professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov 8-mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)