Zinedin Zidan “Bavariya” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirganidan so‘ng, myunxenliklar rahbariyati uchun Zidan asosiy nomzodga aylandi.
Mavsum oxirida Tomas Tuxel jamoani tark etadi. Buni murabbiyning o‘zi yana bir bor tasdiqladi.
Zinedin va Myunxen klubi rahbariyati o‘rtasidagi muzokazaralar tez orada boshlanadi. Zidan allaqachon tarkibni, ayniqsa, himoyani kuchaytirishni so‘ragani aytilmoqda.
Fransiyalik mutaxassis 2020/21-yilgi mavsumdan buyon ishsiz. Uning so‘nggi klubi Madridning “Real” klubi hisoblanadi.
Qayd etib o‘tish joiz, Zidan murabbiylik faoliyati davomida faqatgina “qaymoqranglilar”da ishlagan — 2016-yildan 2018-yilga qadar, hamda 2019-yildan 2021-yilga qadar. Fransiyalik mutaxassis “Madrid” klubi bilan 3 marta Chempionlar Ligasida, 2 marta La Ligada zafar quchgan.
Izoh (0)