Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktabda o‘qituvchi xato qilgan o‘quvchilarini jazolashda shafqatsizlik qilib, ularning qo‘liga igna va “samorez” sanchib kelgani haqida xabar berilgandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Tergovga qadar tekshiruv natijasida 2016-yilda tug‘ilgan Y.M. va SH.U.larning qo‘llarining ustki qismiga burama mix (samorez)ni bir necha marta tiqib kelib, o‘quvchilarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazgani aniqlangan. Joriy yilning 18-aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan S.R.ga (2002-yilda tug‘ilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov doirasida qo‘liga igna sanchilgani aytilgan 1-sinf o‘quvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani mazkur ishda bola manfaatlari nuqtayi nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirishi aytildi.
Izoh (0)