Toshkent shahar hokimligi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024—2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yunusobod tumanining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan (KHAY) o‘tgan 260 metr uzunlikdagi eskirgan issiq suv tarmog‘ida taʼmirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan, birinchi bosqichida, KHAYning Turkqo‘rg‘on ko‘chasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat ko‘chasigacha bo‘lgan harakat yo‘nalishining bir tomoni 19-aprel kunidan boshlab 7 kun muddatga yopiladi.
Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz, — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Toshkentda marafon o‘tkazilishi sabab bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)