• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganda Xitoy investorlari ishtirokidagi biznes-forumda 1 mlrd dollarga yaqin shartnomalar imzolandi

    Gullar shahrida bo‘lib o‘tgan Namangan–Xitoy investitsiya va biznes forumida umumiy qiymati 967,5 million dollarga teng 30 ga yaqin shartnoma imzolandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: Xamdam Mamadaliyev

    Forumda ishtirok etish uchun Xitoydan Namanganga 300 nafardan ortiq kompaniya rahbarlari va tadbirkorlar keldi. Ular dastlab viloyat markazida tashkil etilgan “Namanganda ishlab chiqarilgan” ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

    Foto: Oqilxon Mamajonov
    Foto: Oqilxon Mamajonov

    Bu yerda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yengil sanoat, farmatsevtika, charm-poyabzal, elektrotexnika, qurilish, zargarlik, oziq-ovqat va mebel sanoati mahsulotlari namoyish etildi. Shundan so‘ng xitoylik mehmonlar hududlarga chiqib, shahar-tumanlarning investitsiyaviy imkoniyatini o‘rgandi.

    Foto: Oqilxon Mamajonov
    Foto: Oqilxon Mamajonov

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan Namangan – Xitoy xalqaro investitsiya va biznes forumida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqovning qayd etishicha, bugungi kunda Namanganda Chin yurti kapitali ishtirokida 71 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Yengil sanoat, qurilish materiallari, farmatsevtika, meva-sabzavotni qayta ishlash va turizm yo‘nalishlarida 850 million dollarlik 28 ta loyiha amalga oshirilgan.

    Foto: Xamdam Mamadaliyev

    Jumladan, Chust tumanida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan Tai Chang Special Steel qo‘shma korxonasi tomonidan qiymati 95 million dollarlik metall mahsulotini qayta ishlash loyihasi birinchi bosqichi ishga tushirilib, 400 ta ish o‘rni yaratildi. “Namangan sement” qo‘shma korxonasi tomonidan esa 70 million dollarlik loyiha amalga oshirilib, yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

    Foto: Xamdam Mamadaliyev

    2023-yilda Namangan viloyati va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 325 million dollarni tashkil etib, 2017-yilga nisbatan 3,5 barobarga ortdi. Xitoyning viloyat eksport hajmidagi ulushi 25 foiz, mahsulot importidagi ulushi esa 35 foizga to‘g‘ri kelmoqda.

    Foto: Xamdam Mamadaliyev

    Xalqaro anjumanda Namangan viloyati haqida xitoy tilida suratga olingan maxsus videorolik namoyish etildi. “Namangan” va “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonalari, shahar-tumanlarda barpo etilgan 72 ta kichik sanoat zonasi, viloyatning eksport salohiyati haqida maʼlumot berildi.

    Foto: Xamdam Mamadaliyev

    Shavkat Abdurazzaqov Xitoy investorlarini Yangi Namangan shaharchasi, Chodak va Nanay turizm obyektlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga chaqirdi. Viloyatda joriy yil may iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan 63-xalqaro gullar festivaliga taklif etdi.

    Foto: Xamdam Mamadaliyev

    Forum yakunida kelishuv va memorandumlarni imzolash jarayoni bo‘lib o‘tdi va umumiy qiymati 1 milliard dollarga yaqin investitsiya shartnomalari imzolandi. Ular orasida kichik GES va ko‘p qavatli turar-joy komplekslari barpo etish, elektromobillarni quvvatlash qurilmalari va yoritish chiroqlari, qishloq xo‘jaligida qo‘llanadigan dronlar, bolalar aravachalari, granit, gazoblok va bazalt toshlari ishlab chiqarish, noutbuklar va ularning ehtiyot qismlarining tayyorlash kabi ko‘plab loyihalar bor.

    Foto: Xamdam Mamadaliyev
    Foto: Xamdam Mamadaliyev

    19.04.2024, 23:50   Izoh (0)   3506
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy kompaniyasi Farg‘onada quvvati quyosh fotoelektrik stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

    19.04.2024, 23:40

    Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi

    19.04.2024, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-aprelning eng muhim xabarlari

    19.04.2024, 22:40

    Toshkentda xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

    19.04.2024, 22:35

    O‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

    19.04.2024, 22:25

    Surxondaryoda asfalt ishlab chiqaradigan korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 

    19.04.2024, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.