BMT Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatning chalg‘ituvchi taʼsiriga qaramay, G‘azodagi og‘ir gumanitar vaziyatga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini aytdi, deya Anadolu xabar berdi.
BMT vakili Stefan Dyujarrik, Isroil va Eron o‘rtasidagi kelishmovchilik e’tiborni G‘azo sektoridagi inqirozdan chalg‘itdimi yoki yo‘qmi degan savolga, bunday tendensiyani xabarlar orqali ko‘rish mumkinligini aytgan.
Biz bir vaqtning o‘zida bir nechta inqirozlarga e’tibor qaratishimiz kerak, — deydi vakil.
BMT bosh kotibi Antonio Guterrishning Eron va Isroil o‘rtasidagi taranglik haqidagi fikrlariga to‘xtalib o‘tgan Dyujarrik, G‘azodagi halokatli gumanitar vaziyatga ham e’tibor qaratilayotganini ta’kidlagan.
Urush boshlangandan beri G‘azoda 34 000 ga yaqin falastinlik, asosan, ayollar va bolalar halok bo‘lgan, 76 800 dan ortiq kishi yaralangan.
Xalqaro sudda Isroil genotsidda ayblanmoqda. Yanvar oyida qabul qilingan muvaqqat farmon Tel-Avivga genotsid harakatlarini to‘xtatish va G‘azodagi tinch aholiga gumanitar yordam yetkazilishini kafolatlash choralarini ko‘rishni buyurgan edi.
Izoh (0)