Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Ukraina Rossiya bilan urushda mag‘lub bo‘lsa, Uchinchi jahon urushi boshlanishini aytib, AQSH Kongressini harbiy yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
AQSH Kongressining Vakillar palatasi 20-aprel kuni mazkur qonun loyihasini ovozga qo‘yishi rejalashtirilgan.
Agar Ukraina yutqazsa... Global xavfsizlik tizimi vayron bo‘ladi va butun dunyo yangi xavfsizlik tizimini izlashga majbur bo‘ladi. Ko‘plab mojarolar, bunday urushlar ko‘p bo‘ladi va bu oxir-oqibat Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin, — deya qo‘shimcha qilgan Shmigal.
Ukraina rasmiylarining bunday xavotirli ogohlantirishi birinchi marta emas.
O‘tgan yili Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar Rossiya Ukraina ustidan g‘alaba qozonsa, Polshaga bostirib kirishi va uchinchi jahon urushini boshlashi mumkinligini aytgan edi.
Kreml bu bayonotlarni rad etgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Rossiya Sharqiy Yevropaga hujum qilishi mumkinligi haqidagi taxminlarni bema’nilik deb atagan.
Izoh (0)