O‘zbekiston prezidentining farmoyishi bilan Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Elyor Tolliyev mazkur tayinlovga qadar Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. Shu paytgacha ushbu lavozimda Sirojiddin Eshmatov ishlab kelayotgan edi.
Sirojiddin Eshmatov esa Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sirojiddin Eshmatov Samarqandga tayinlanguniga qadar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil avgust boshida Andijon va Sirdaryo viloyatlari soliq boshliqlari hamda Soliq qo‘mitasining yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash inspeksiyasi boshlig‘i vazifasi bajaruvchisini lavozimidan olgandi. Ular byudjet tushumlarini taʼminlash va tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan.
Izoh (0)