• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zargar qadrini Prezident biladi. Davlat rahbari eʼtiboriga tushgan namanganlik tadbirkor hikoyasi (video)

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifini “Gavhar Jewel Group” korxonasidan boshladi. Bu nafaqat ko‘pchilik, hatto uning rahbari Azizbek Abdurasulov uchun ham kutilmagan holat bo‘ldi. Bu haqda tadbirkorning o‘zi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev bilan suhbati davomida hikoya qildi.

    “Zaxira variantdan tashrifning birinchi manziliga aylandik”

    Tashrifdan oldin zaxira variant sifatida ko‘rilayotgandik. “Tayyorgarlik ko‘ringlar, kirishlari mumkin” deyishdi. Ochig‘i, bunga o‘zimizning ishchi-xodimlar ham oxirigacha ishonmadi. Chunki tashkil topganimizga hech qancha vaqt bo‘lmagan, hali ko‘pchilik bilmaydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shunday bo‘ldiki, tashrifning birinchi manziliga aylandik. Prezident bo‘limlarimizni birma-bir ko‘rib chiqdi, ishchi-xodimlarimiz bilan gaplashdi. “Yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz. Lekin uning atigi 6 foizi qayta ishlanyapti. Turkiyada esa 30 tonna qazib olinib, 300 tonna eksport qilinyapti. Bu sohada biroz kechikdik, biroq vaziyatni o‘nglash uchun barcha sharoitlarni yaratamiz” dedi davlat rahbari.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu yerning o‘zida turkiyalik hamkorlarimiz va investorlar bilan muloqot bo‘ldi. Buning yaxshi tomoni — ularning bizga bo‘lgan ishonchi yanada ortdi. Ishchilarimiz uchun esa juda katta motivatsiya bo‘ldi.

    Foto: Oqilxon Mamajonov

    Tashrifning ertasiga yig‘ilishga taklif etildim. Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tdi, hokimlar, vazirlarga ko‘plab vazifa va topshiriqlar berildi. Prezident bu yerda meni turg‘izib, “shu yigitga rahmat, 10 ta savolimdan 10 tasiga dadil javob berdi” deb maqtadi. Aylanma mablag‘larni ko‘paytirishga yordam berish, sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi qarorlar tayyorlashga ko‘rsatma berildi.

    Foto: Oqilxon Mamajonov

    Aslida hozirning o‘zida zargarlikka juda katta eʼtibor qaratilgan. Birinchidan, oltinni sotib olishga imkoniyat berildi. Ikkinchidan, shu sotib olingan tilla uchun ham mablag‘ni 180 kun kechiktirib to‘lashimiz mumkin. Bu vaqt mobaynida xomashyoni qayta ishlab, mahsulot tayyorlab, uni sotishga ham ulguramiz. Qolaversa, soliqlardan 2026-yilgacha ozod qilinganmiz.

    Yaratilgan bu imtiyozlar tufayli hozirning o‘zida ishlab chiqaruvchilarimiz ichki bozorda xorij kompaniyalari bilan raqobatga kirishdi, mahalliy brendlar ko‘paydi.

    Stomatologiyadan zargarlikka dadil qadam

    O‘zim asli stomatologman. Otam Amerikada shu sohada ishlab yurgan paytlari raqamli stomalogiyani O‘zbekistonga olib kirishni boshladik. Bizda zargarlikka yaqin texnik jihatlar ko‘p, masalan metallokeramika. Qoliplarni 3D printerda tayyorlaymiz. Qiziqish paydo bo‘ldi zargarlik mahsulotlarini ham qolipini quyib ko‘rishga. Qarasak, chakki emas. Chunki zargarlar ko‘pincha qo‘lda tayyorlashadi, standartlariga eʼtibor berilmaydi, modellar har xil chiqadi, jilovi, vazni turlicha. Biz stomatologiyada aniq ishlaganimiz uchun zargarlik mahsuloti ham o‘ta yuqori sifatda chiqdi.

    Foto: Oqilxon Mamajonov

    To‘rtinchi-beshinchi avlodda zargar o‘rtoqlarim bor, ular bilan maslahatlashib, zargarlarga qolip yetkazib berishni boshladik. Ammo biz qolip yetkazib bergan zargarlarning ko‘pi baribir biz istagan sifatni chiqarib bera olmadi. Shundan keyin bu sohaga o‘zimiz qadam qo‘yib, 2021-yili to‘la kirishib ketdik, keyingi yili esa korxonamiz tashkil topdi.

    Foto: Oqilxon Mamajonov

    Korxonamizni 10 kishidan boshladik. Har bir bo‘limni bosqichma-bosqich ishga tushirdik. 2022-yili 30 kilogramm mahsulot chiqardik, asosiy vaqtimiz mahalliy zargarlarni sanoat usulida ishlashga o‘rgatishga ketdi. 2023-yili 270 kilogramm mahsulot chiqarishga erishdik, ishchilarimiz soni esa 100 nafardan oshdi.

    “Brendimizda Chust do‘ppisi aks etgan”

    Bilasiz, chet elda kompaniyalarning nomlari ko‘pincha kishilarning ism-shariflari bilan ataladi. Onamning ismlari Gavhar, biz ham shu nomda to‘xtaldik. Logotipimizni ko‘rgan bo‘lsangiz, Chust do‘ppisidagi belgi aks etgan. Namanganni avvalgi gerbida ham shu belgi bor. Shaklini biroz o‘zgartirdik, biroq mohiyat o‘sha-o‘sha. Belgimiz avvalo milliy brendni rivojlantirishni qaratilgan.

    Foto: Oqilxon Mamajonov

    Asta-sekin ishimiz ko‘rinib, yutuqlarimiz ham paydo bo‘lyapti. Xususiy zargarlik korxonalar ichida birinchi bo‘lib ISO sertifikatini oldik. Buxoroda bo‘lib o‘tgan hamda 58 davlatdan 270 dan ortiq korxona qatnashgan zargarlik va zardo‘zlik festivalida “Zargarlik sohasida eng yaxshi korxona” nomitsinatsiyasi g‘olibi bo‘lib, birinchi o‘rinni oldik. Dubaydagi xalqaro ko‘rgamada esa sohaga qo‘shgan hissamiz uchun Global Ison mukofotini qo‘lga kiritdik.

    Foto: Oqilxon Mamajonov

    Umuman, hisoblab ko‘rsam, o‘tgan yilni o‘zida 20 dan ortiq turli ko‘rgazmalarda qatnashibmiz. Bu qatnashuvlar bizni tanitdi, chunki o‘zim zargar bo‘lmaganim uchun avval hech kim bizni bilmasdi, kontaktlarimiz yo‘q edi. Hozir esa barcha hududlardagi har bir tilla sotiladigan manzillarga mahsulotlarimiz yetib bordi.

    “Asosiy eʼtiborni eksportga qaratamiz. Mahsulotlarimiz xorijda sotiladigan vaqt keldi”

    Mahsulotlarimizni Qozog‘iston, Qirg‘izistondan kelib opketishyapti, Tojikistondan ulgurji xaridorlar buyurtma qilishni boshladi. Rossiyaliklar franshiza sotib oldi, yaqin kunlarda katta miqdorda kumush va tilla buyumlar eksportini boshlaymiz.

    Foto: Oqilxon Mamajonov

    Respublika bo‘ylab yil yakunigacha 14 ta do‘kon ochishni rejalashtirganmiz. Aeroportlardagi dyuti-fri do‘konlarida ham mahsulotlarimiz bo‘ladi nasib.

    “Gavhar Jewel Group” asoschisi Azizbek Abdurasulov
    Foto: Oqilxon Mamajonov

    Prezidentning Namanganga kelgusi tashrifiga qadar mahsulotlarimizning eksportdagi ulushini 80 foizga chiqarish niyatim bor. Hozir 10 nafar mahalliy zargar bilan ishlayotgan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich yaqin orada 100 nafarga yetadi.

    Foto: Oqilxon Mamajonov

     

    14.04.2024, 23:28   Izoh (0)   20487
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Ummon va Kuvayt TIVlari bilan 2024—2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini qabul qildi

    14.04.2024, 23:09

    So‘qoq qishlog‘iga kuchli sel keldi. Hech qanday talafot kuzatilmadi

    14.04.2024, 22:05

    Andijonda qoidabuzarlik sodir etib, YPX xodimiga bo‘ysunmasdan ketib qolgan haydovchiga chora ko‘rildi

    14.04.2024, 21:35

    Yunusoboddagi Toshkent kimyo-texnologiya litseyi o‘rniga maktabni qaytarish taklif etilmoqda

    14.04.2024, 21:11

    Urgutda mashinasidan giyohvandlik moddasi topilgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.04.2024, 20:05

    Farg‘onada 69,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi

    14.04.2024, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.