Jenisbek Piyazov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vazirning madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi va ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyazov tayinlandi.
Jenisbek Piyazov 2022-yil yanvarida maktabgacha ta’lim vazirining madaniyat va san’atni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida maslahatchi etib tayinlangandi. Ushbu lavozim ham o‘sha paytda jamoatchilik asosida tashkil etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024-yil fevralidan buyon Kongratbay Sharipov rahbarlik qilib kelmoqda.
Izoh (0)