Pokistonning Panjob shtatida xotini va yetti nafar voyaga yetmagan bolasini o‘ldirgan erkak hibsga olindi. Bu haqda NDTV xabar berdi.
Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi kasbi bo‘yicha mardikorlik bilan shug‘ullangan, moddiy ahvoli yaxshi bo‘lmagan va xotini bilan tez-tez janjallashib turgan. U 42 yoshli rafiqasi va sakkiz oylikdan 10 yoshgacha bo‘lgan yetti nafar farzandini, jumladan, to‘rt qiz va uch o‘g‘liga bolta bilan hujum qilib, hammasini joyida o‘ldirgan.
Erkak hibsga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Gumonlanuvchi o‘z jinoyatiga iqror bo‘lib, bolalarini boshqa boqa olmagani uchun shunday qilganini aytgan”, dedi politsiya. Voqeadan xabardor bo‘lgan shtat rahbari Maryam Navoz voqeadan afsusdaligini bildirdi va politsiya bosh inspektoridan hisobot so‘radi.
Izoh (0)