UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Islom Maxachev keyingi jangi bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
“Oldinda ko‘p ishlar kutib turibdi. Sanasi aniq, raqib haqida esa tez orada bilib olasiz”, — deb yozdi Habib ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq, Maxachev mashg‘ulotlarga kirishganini aytib o‘tgandi.
Islom so‘nggi bor 2023-yilning oktyabr oyida UFC 294 doirasida Aleksandr Volkanovskini nokautga uchratgandi.
Izoh (0)