Toshkent shahar Yunusobod tumanida 19 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 12-aprel kuni soat 12:30 larda Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasi 14A uy qarshisida sodir bo‘lgan. Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 2005-yilda tug‘ilgan K.Sh. Nexia-3 ni boshqarib ketayotib, 1975-yilda tug‘ilgan A.R.ni urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Izoh (0)