“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Chempionlar Ligasi 1/4 finalining “Real”ga qarshi birinchi o‘yinidan (3:3) so‘ng Madrid jamoasining kiyim almashtirish xonasiga kirdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, norvegiyalik hujumchi yarim himoyachi Luka Modrichning futbolkasini so‘rash uchun Los Blankosdagi kiyinish xonasiga kirgan. Qayd etilishicha, xorvatiyalik bilan suhbat chog‘ida Holand Modrichni afsona deb atagan.
Erling Holand “Manchester Siti”da 2022-yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda norvegiyalik forvard barcha turnirlar doirasida 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, 30 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17-aprel kuni bo‘ladi. Ushbu o‘yin Angliyada, Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)