• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Tojikiston

    Tojikistondagi Rog‘un GES mutaxassislari qancha oylik oladi?

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rog‘un GESda 16 mingga yaqin mutaxassis ishlashi, 99 foizdan ortig‘i Tojikiston fuqarolari ekanini aytib, ularning oyligini ochiqladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

    Foto: Ozodlik radiosi

    Emomali Rahmon So‘g‘d viloyatiga tashrifi chog‘ida bu haqda ma’lumot bergan. Gidroelektr stansiyasining asosiy qismi yer ostida qurilgani bois ishchilar Rog‘un GESda 300 metrgacha chuqurlikda ishlaydi.

    Tojikiston prezidenti mutaxassislar 10-15 ming somoniygacha maosh (11-17 million so‘mdan ziyod) olishini ma’lum qildi. Gidroelektr stansiyasi qurilishiga joriy yilda 5 mlrd somoniy ajratilgan. Rasmiylar 2,2 milliardni xorijdan, qolganini esa ichki manbalar hisobidan jalb etish niyatida.

    2023-yilda Rog‘un GES qurilishiga Tojikiston byudjetidan 5,2 milliard somoniy sarflangan, bu rejadan 2,7 milliard somoniyga ko‘pdir. Mamlakat energetika idoralari Rog‘un GESni amalga oshirish uchun har yili 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratish kerak, deb hisoblaydi.

    Mirziyoyev Rog‘un GES qurilishiga xavotir bildirgandi

    2016-yil O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Qohir Rasulzodaga Tojikistonning Rog‘un GESni qurish rejasiga nisbatan xavotir bildirilgan maktub yuborgandi. Unda ulkan GES majmuasi qurilishi uchun tanlangan maydonning seysmikligi Rixter shkalasi bo‘yicha 9−10 ball bo‘lgan tog‘ hududida ekani ta’kidlangan.

    “Tojikiston hukumati mamlakat energiya taʼminotidagi mushkul muammolarni Tojikiston hududidagi ko‘p sonli daryo va suv manbalaridan foydalangan holda kichik va o‘rta GESlar qurish yo‘li bilan hal etishi mumkin deb hisoblashga barcha asoslarimiz bor. Bizga maʼlumki, bunday istiqbolli dastur Tojikistonda allaqachon amalga oshirilmoqda”, — deyilgan maktubda.

    O‘z navbatida, ekspert Rog‘un GES qurilishida O‘zbekistonning xavfsirashlari va xavotirlariga quloq tutishga chaqirgan. Jumladan, “Markaziy Osiyo suv-energetika manbalari va suvdan foydalanish muammolarini tadqiq qilish instituti” xalqaro jamoatchilik fondi eksperti Zulfiya Marat tegishli fikrni bildirgan.

    “Yirik GESlarni mintaqadagi yaqin qo‘shnilar ishtirokisiz qurish faqat nizo potensialining o‘sishiga olib keladi, bu turli ekstremistik kuchlarning rivojlanishi ehtimoli bor bo‘lgan sharoitlarda o‘ta xavfli. Elektr energiyasi sotuvidan tushadigan hech qanday ehtimoliy daromad ahil qo‘shnichilik aloqalari o‘rnini bosa olmaydi”, — degan Zulfiya Marat.

    Ekspert mintaqadagi barcha davlatlar moliyaviy kuchlarini birlashtirsagina, Tojikistondagi Rog‘un GESni ham, Qirg‘izistondagi Qambarota GESni ham qurish muammolari samarali hal qilinishi mumkinligini aytgan. 

    “O‘zbekiston Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan olinadigan suv resurslariga bog‘lanib qolgan. Rog‘un GES qurilishi ham mamlakatning suv balansini buzishi mumkin”, — degan Rossiya prezidenti huzuridagi qishloq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (FESN RANXiGS) ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Igor Zagarin.

    Karimov qarshi bo‘lgan loyiha

    Rog‘un GES to‘g‘onini qurish 1976-yilda boshlangan, ammo Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin to‘xtatilgan. 1991-yildan keyin O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov  Rog‘un GES qurilishiga qarshi chiqqan. U seysmik jihatdan xavfli hududda dunyodagi eng baland to‘g‘on paydo bo‘lishidan xavotir bildirgan.

    Islom Karimov Qirg‘izistondagi Qambarota suv to‘g‘oni 275 metr balandlikda, Rog‘un 350 metr balandlikda qurilayotgani hisobga olinsa, bu ikkala loyiha qurilishi bu yerda yashayotgan insonlar hayotiga tahdid bo‘lishi mumkinligini aytgan.

    O‘zbekiston hukumati Amudaryoga keladigan suv to‘silishi orqali qishloq xo‘jaligi jiddiy zarar ko‘rishi, shuningdek, mintaqada ehtimoliy zilzila to‘g‘onni buzib, hududlarni suv ostida qoldirishi mumkinligini inobatga olgan holda bu loyihaga rozi bo‘lmagan.

    GESning birinchi agregati Tojikiston prezidenti tomonidan 2018-yilning noyabr oyida ishga tushirilgan. Marosimda bir qator davlatlar, jumladan, O‘zbekistonning yuqori martabali vakillari ishtirok etgan. Birinchi blok ishga tushirilgach, GES mamlakatning umumiy energetika tizimiga ulangan.

    Ikkinchi agregat 2019-yil sentyabr oyida ishga tushirilgan. Mamlakat mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Emomali Rahmon ham ishtirok etgan.

    GES qurilishini kim moliyalashtirmoqda?

    Rog‘un GES qurilishi hozirgacha faqat davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. 2008-yildan buyon mazkur GES qurilishi uchun davlat byudjetidan 35 milliard somoniydan ortiq mablag‘ ajratilgan.

    2022-yilda Jahon banki tomonidan muvofiqlashtirilgan Rog‘un GES qurilishiga xalqaro donorlar mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha konsorsium tuzilgan.

    • Moliya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankidan 500 million dollar miqdorida imtiyozli kredit jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
    • Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki ushbu obyektni moliyalashtirish hajmini avval e’lon qilingan 150 million dollardan 250 million dollargacha oshirish niyatida.
    • 2023-yil oktyabr oyi oxirida Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ham 100 million dollar kredit berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
    10.04.2024, 19:30   Izoh (0)   22478
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Emomali Rahmon Rog‘un GESining umumiy qiymatini e’lon qildi

    15.10.2019, 12:45

    Rog‘un GESni ishga tushirish uchun 5 mlrd dollar kerak bo‘ladi

    18.05.2023, 21:15

    Saudiya Arabistoni Rog‘un GES qurilishi uchun 100 mln dollar ajratadi

    02.11.2023, 20:50

    Tojikiston Rog‘un GES qurilishi uchun 460 mln dollar ajratmoqchi 

    22.11.2023, 20:55

    “Tojikistonda Rog‘un GESning uchinchi reaktori 2025-yilda ishga tushiriladi” — Emomali Rahmon

    28.12.2023, 15:05

    Rog‘un GES qurilishini yakunlash yopiq rejimda hal qilinishi mumkin. Ekologlar xavotirda 

    24.01.2024, 17:36

    Karimov va Rahmon o‘rtasidagi qarama-qarshilik: ziddiyat tarixi

    20.02.2024, 20:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bavariya” “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 26 iyul, 09:17

    “Obama Rossiya razvedka ma’lumotlari borasida jinoyat sodir etgan” — Tramp

    Dunyo | 26 iyul, 09:16

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.