AQSH prezidenti Jo Bayden 8-aprel kuni kamida 23 million amerikaliklarga foyda keltiradigan talabalar qarzidan voz kechish haqida e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Bayden bayon qilgan rejalar daromaddan qat’i nazar, qarz oluvchilar uchun hisoblangan va kapitallashtirilgan foizlarni 20,000 dollargacha olib tashlashni o‘z ichiga oladi.
Respublikachilar Baydenning talabalar kreditidan kechishini vakolatlarini haddan tashqari oshirib yuborish va kollejda tahsil olgan qarz oluvchilarga nohaq foyda keltirish deb atagan.
Bu yengillik ularning hayotini o‘zgartirishi mumkini. Men mehnatkash amerikalik talabalarga kredit bo‘yicha yordam berishdan to‘xtamayman... Bu bizning iqtisodiyotimiz manfaati uchun, — dedi Bayden.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar u noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qayta saylansa, jamoat kollejlarini bepul bo‘lishi uchun faol harakat qiladi.
Bugungi kunga qadar ma’muriyat 4 million amerikalik uchun 146 milliard dollarlik talabalar qarzidan kechishni ma’qullaganini aytgan.
Federal Student Aid veb-saytiga ko‘ra, 2023-yil iyun holatiga ko‘ra, taxminan 43,4 million talabalik krediti oluvchilarning to‘lanmagan kreditlari 1,63 trillion dollarga yetgan.
Izoh (0)