AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Afrika, Osiyo va Yaqin Sharqdan kelgan migrantlarga qarshi ritorikasini takrorlab, yaxshi mamlakatlardan migrantlar kelishini xohlashini aytdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, “Shveysariya kabi go‘zal” mamlakatlardan kelgan odamlar AQSHga ko‘chib kelmayotganidan afsusda. U AQSHga kirib kelayotgan muhojirlar haqida “ilmoqli gaplar” aytib, noqonuniy muhojirlar oqimida amaldagi prezident Jo Baydenni ayblagan.
“Ular qamoqxonalar va hibsxonalardan kelayotgan odamlar. Ular aqlbovar qilmaydigan joylardan va mamlakatlardan, falokat hisoblangan davlatlardan kelishmoqda. Yaxshi davlatlar, Daniya, Shveysariyadan kelganlar bormi? Norvegiyadan-chi?”, — dedi u saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish tadbirida.
Shuningdek, u 2018-yilgi nutqida Gaiti va muhojirlar kelayotgan Afrika mamlakatlari haqida salbiy gapirganiga ham to‘xtalib o‘tdi. Tramp “bunday bayonotni oddiy narsaday his qilgani”, ammo “juda dahshatli izoh sifatida qabul qilingan”ini aytdi.
Izoh (0)