Rossiya qurolli kuchlarining janubiy harakat yo‘nalishi bo‘linmalari Donetsk yo‘nalishida barcha strategik qulay pozitsiyalarni egallab oldi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, kun davomida Ukraina qurolli kuchlari hujum brigadasining ikkita qarshi hujumi qaytarilgan.
“Dnepr” guruhi Rabotino tumanida Ukraina qurolli kuchlariga yalpi o‘t ochgan.
“Janubiy kuchlar Donetsk yo‘nalishida yanada qulayroq pozitsiyalarni egallab, Ukraina qurolli kuchlarining aholi punktlarida joylashgan 5-, 79-havo hujumi, 81-aeromobil, 24-, 28-, 53-mexanizatsiyalashgan brigadalariga o‘t ochdi. Donetsk Xalq Respublikasining Antonovka, Krasnogorovka, Krasnoe, Novoe va Lugansk Xalq Respublikasining Belogorovka tumanlarida to‘qnashuvlar yuz berdi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Rossiya harbiylari, shuningdek, Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalariga, harbiy aerodromlarga va yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktlariga guruhli zarbalar bergan. Hujum maqsadlariga to‘la erishilgan.
“Bugun tunda Rossiya qurolli kuchlari yuqori aniqlikdagi uzoq masofaga mo‘ljallangan dengiz va havo qurollari, uchuvchisiz uchish apparatlari bilan Ukraina harbiy-sanoat majmuasining zirhli va avtomobil texnikasini ishlab chiqaradigan va taʼmirlovchi korxonalariga, harbiy aerodromlar va xorijiy yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktlariga zarba berdi. Belgilangan barcha nishonlarga zarba berildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)