Jizzax viloyatida Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida viloyat hududlari bo‘ylab monitoring tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zkomnazorat” matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tadbir davomida Jizzax shahridagi “O‘ratepalik” MFY hududida joylashgan MCHJ xodimi M.O. tomonidan mazkur korxona ish faoliyati davomida 2 dona Baofeng rusumidagi radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborildi.
Izoh (0)