Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida kreditini to‘lolmagan fuqaroning Cobalt’i auksionga chiqarildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2023-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor SH.P.dan undiruvchi bank foydasiga 183 million 278 ming 099 so‘m miqdorida kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuroning Mirzaobod tumani bo‘limi ish yurituviga 2024-yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, garov mulki bo‘lgan Cobaltʼga nisbatan qidiruv eʼlon qilinib, davlat ijrochisining saʼy-harakatlari bilan ushbu avtotransport vositasi 11-martda topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli ushbu avtomobil 14-martda 144 million 400 ming so‘m boshlang‘ich narxda onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan.
Izoh (0)