Shahnoza Sultanova Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Nodira Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.
Shahnoza Sultanova 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Ko‘p yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetida qator masʼuliyatli lavozimlarni egallab kelgan. Shu kunga qadar Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.
Izoh (0)