O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Istanbulda sodir bo‘lgan yong‘inda jabrlangan va ushlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmaganini maʼlum qildi.
Turkiyaning Beshiktosh hududidagi 16 qavatli bino yerto‘lasida 2-aprel kuni sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, holat yuzasidan mahalliy prokuratura tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda 5 kishi ushlangan.
Halok bo‘lganlarning barchasi tungi klubni taʼmirlayotgan ishchilar bo‘lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“Jabrlanganlar va ushlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)