Crocus City Hall konsert zalidagi teraktdan so‘ng Qirg‘izistonning 69 nafar fuqarosiga Rossiya hududiga kirish taqiqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziev ma’lum qildi.
“23-martdan boshlab qirg‘izistonliklar Moskva aeroportlaridan uylariga qaytishdi. Ayrimlari qora ro‘yxatda edi. Boshqalari esa Rossiyaga birinchi marta uchgan, ammo hech bir asossiz mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Rossiya xavfsizlik kuchlari agar xorijliklarning tashqi ko‘rinishi ishonch uyg‘otmasa yoki qo‘rquv paydo qilsa, Rossiya Federatsiyasi hududiga kiritmaslik huquqiga ega”, — dedi Almaz Imangaziev.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi kechiktirib bo‘lmaydigan sabablari yo‘q bo‘lgan mamlakat fuqarolariga kuchaytirilgan chegara nazorati rejimi bekor qilinmaguncha Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi.
Izoh (0)