Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 64-het-trigini qayd etdi.
“An-Nassr” hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turida “At-Tai” (5:1) darvozasiga uch bora yo‘l topdi.
Shu tariqa Krishtianu “Inter Mayami”da to‘p surayotgan Lionel Messi bilan het-trik qayd etish borasidagi farqni kattalashtirdi. Messi faoliyati davomida 57 ta het-trik qayd etgan bo‘lsa, Ronaldu 64 ta o‘yinda raqiblar darvozasini uch martadan ishg‘ol qilgan.
Shuningdek, Krishtianu 64 ta o‘yindan 29 tasida kamida bitta golni penaltidan urgan. Argentinalik futbolchida esa 57 ta o‘yindan 12 tasida penaltidan gol ham mavjud.
Izoh (0)