O‘zbekistonda endilikda har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra, hukumat topshirig‘iga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” deb eʼlon qilindi.
“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va masʼul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilandi.
Izoh (0)