Janubiy Afrika Respublikasida avtobus ko‘prikdan qulab tushishi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir jarohatlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Avtobus dindorlarni Pasxa anjumani bo‘lib o‘tadigan Limpopo provinsiyasiga olib ketayotgan bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, ko‘prikdagi to‘siqga borib urilgan, natijada avtobus ko‘prikdan qulab, yonib ketgan. Avariyadan sakkiz yashar qizcha omon qolgan va kasalxonaga yotqizilgan.
JAR prezidenti Siril Ramafosa Botsvanaga hamdardlik bildirib, mamlakatni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yili JAR poytaxti Yoxannesburgda boshpanasizlar turgan bino yonib ketgandi. Oqibatda 73 kishi halok bo‘lgandi, 50 dan ortiq odam jarohatlangandi. Binoda yong‘in vaqti 200 ga yaqin odam bo‘lgani taxmin qilingandi.
Izoh (0)