“Barselona” bosh murabbiyi Xavi jurnalist Xavi Migelni sudga berdi, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Avvalroq Xavi Migel kataloniyaliklar bosh murabbiyi klub ichidagi ma’lumotlarni jurnalistlarga sizdirayotgan insonni topish uchun har bir xodim telefonini tekshirib chiqqani haqida xabar bergandi.
Murabbiy esa bu xabar yolg‘on ekanligi va jurnalist unga tuhmat qilgani uchun sudga murojaat qilgan.
Manbaga ko‘ra, Migelda ma’lumotlarni inkor qilish uchun muddat mavjud, aks holda sud jarayoni davom etadi va u jazolanadi.
“Barselona” Ispaniya chempionatida 29 turdan so‘ng 64 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)