Samarqand viloyati Toyloq tumanida 2,9 milliard so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Toyloq tuman bo‘limi, prokuratura va “Toyloqtumangaz” gaz taʼminoti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “I.a.” MCHJ rahbari I.M. MCHJ issiqxonasida isitish qozoni va qo‘lbola yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirincha ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,9 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Toshkentda gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona davlatga 934 mln so‘m zarar yetkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Bo‘stonliqda 241 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan dalahovlilar aniqlangan edi.
Izoh (0)