Jizzax viloyatidagi bog‘cha faoliyati to‘xtatilgani va xodimlar ish haqini ololmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, tashkilotda bugungi kunda jami 7 ta asosiy guruh mavjud. 2023-yil 1-noyabrdan boshlab tashkilot binosining cho‘kishi oqibatida hududdagi 1-sonli kasb-hunar maktabiga vaqtinchalik ko‘chirildi. Kasb-hunar maktabida ajratilgan xonalar yetishmasligi sababli ikkita asosiy guruh faoliyat ko‘rsatmay kelmoqda.
Lekin ikkita asosiy guruh tarbiyachi va yordamchi tarbiyachisiga, jami to‘rt nafar xodimga ish haqi to‘lab kelinmoqda.
Izoh (0)