Rossiya harbiylari Avdeyevkadagi Tonenkoye va Orlovka qishloqlarini egallab oldi. Bu haqda Bild tahlilchisi Yulian Ryopke xabar berdi.
Ekspert avvalroq Ukraina armiyasi Avdeyevka g‘arbidagi Berdichi—Semyonovka—Orlovka—Tonenkoye chizig‘ida mudofaani ushlab turishda qiynalayotgani, mudofaa chizig‘i asta-sekin g‘arbga siljiyotganini aytgandi. Endilikda, tahlilchiga ko‘ra, Tonenkoye va Orlovka butunlay rus qo‘shinlari tomonidan qurshab olingan. Janglar faqat Berdichi uchun davom etmoqda.
Mudofaa kamari sifatida xizmat qilishi kerak bo‘lgan bu kamar rus armiyasining zarbalari ostida quladi. Rossiya kuchlari odamlar va texnikaning katta qismi yo‘qolgan holda oldinga siljishga muvaffaq bo‘ldi, — dedi Ryopke.
12-mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy frontdagi vaziyat oxirgi uch oyga qaraganda ancha yaxshiligini aytgandi. U rus qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi Avdeyevka shahrini egallab olgandan so‘ng hujumlarni davom ettirayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)