AQSH BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyasida talab qilingan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun faol muzokaralarni davom ettirmoqda.
Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Mettyu Miller brifingda ma’lum qilgan.
“Biz ushbu rezolyutsiyada talab qilayotgan narsa, ya’ni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilishga erishish uchun faol muzokaralar olib bormoqdamiz”, — dedi u.
Shu bilan birga, Miller BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi “bu muzokaralarga biron bir ta’sir ko‘rsatishi mumkin” deb ayta olmasligini ta’kidladi. Biroq hozir davom etayotgan va o‘tgan hafta oxirigacha davom etgan muzokaralar jarayonida “oldinga siljish” kuzatilganini qayd etdi.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant bugun shu yerda. Davlat kotibi Entoni Blinken ikki soatdan keyin u bilan uchrashadi. Suhbat mavzusi BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyasi bo‘lishiga umid qilaman”, — dedi Miller.
Izoh (0)