“Tolibon” armiyasi bosh shtab o‘rinbosari Maliyxon Siddiq vaziyatni tekshirish uchun Afg‘oniston va Pokiston chegarasiga bordi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
![](/static/2024/03/20/photo_2024-03-20_12-50-28-jSiguGFC.jpg)
Pokiston yetti nafar askari o‘ldirilganiga javoban 18-mart kuni Afg‘onistonning ikki viloyatiga havo hujumlari uyushtirgan edi. Hujumda “Pokiston Toliboni” nishonga olingani aytildi, biroq “Tolibon” sakkiz nafar ayol va bola halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Holat yuzasidan 20-mart kuni Maliyxon Siddiq Paktiya viloyatining Dand Patan tumanidagi vaziyatni o‘rganish maqsadida Durand chizig‘ida joylashgan harbiy xizmatchilar lagerlariga tashrif buyurgan.
![](/static/2024/03/20/photo_2024-03-20_12-50-31-tEWn8aor.jpg)
“Biz urush tarafdori emasmiz, biroq hududimizning bir qarich yeri o‘qqa tutilsa, tajribali kuchlarimiz befarq qolmay, darhol javob qaytaradi” — degan u.
![](/static/2024/03/20/photo_2024-03-20_12-50-35-wTgC5eVQ.jpg)
Izoh (0)