“O‘zgidromet” 20—22 mart kunlari kutilayotgan noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, 20—22-mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 20—21-mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
20—21-mart kunlari shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, 20—22 mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Izoh (0)