O‘zbekistonda ham “Ovoz” teleloyihasi o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston ushbu teleloyihani namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan dunyodagi 76-mamlakatga aylandi.
Loyiha O‘zbekistondagi iqtidor egalarini aniqlash va saralash imkonini beruvchi platformaga aylanadi va Madaniyat vazirligi garchi g‘olib bo‘lish nasib etmagan bo‘lsada, loyiha orqali nazarga tushgan iste’dodlarning keyingi faoliyatiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi.
Loyihada bir mavsum 4 oy davom etadi. Har bir mavsum g‘olibi KIA avtomobili bilan taqdirlanadi. Finalchilar bilan prodyuserlik shartnomalari tuziladi, ovoz yozish studiyalarida qo‘shiqlari bepul yozib beriladi, musiqiy albomlarini chiqarishlariga ko‘maklashiladi. Bolalar uchun alohida teleshou tashkil etiladi.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston va Tatariston xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sevara Nazarxon hamda Tohir Sodiqov teleshouda murabbiylik qiliadi.
Loyihada yoshi, millati, tili, ijtimoiy mansubligi, musiqiy bilim bobida professional bilimga ega yoki havaskorligidan qat’iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
Izoh (0)